fbpx

Oldindan qabul

Kurs narxi: 1,370,000 so'm

23-oktyabr, 23:59 dan keyin 1,500,000 so'm

Nima uchun iOS dasturlash?

  • Eng talabgir sohalardan bittasi

    Hozirgi kunda App Storeda 2 millionga yaqin dasturlar joylashtirilgan. Bu son kundan kunga ko’payib bormoqda. Ayniqsa, O’zbekistonda turli xil moliyaviy va boshqa tashkilotlar yaxshi kadrlarni aktiv qidirishmoqda (HH.UZ ga qarang)

 

  • Raqobat kam
    iOS dasturchi bo’lish uchun Macbook yoki iMac kerak bo’lgani uchun har yili ish bozoriga boshqa dasturlash sohalariga nisbatan kamroq o’quvchilar kursni bitirib chiqadi.

 

  • Yuqori maosh
    iOS dasturchilar ish bozorida yetishmagani uchun kompaniyalar yuqoriroq maosh berishga tayyor. Kursni endigina bittirgan iOS dasturchi, bir xil darajadagi Android dasturchisidan ko’proq maosh olishi mumkin.

 

  • O’rganish oson
    2014-yil Swift dasturlash tili yaratild. Shundan beri deyarli hamma Switdan foydalanib, dasturlar tuzmoqda. Bunga sabab, Swift tili beradigan qulayliklar va o’rganish osonligidir. Aslida, Swift o’rganish eng oson tillardan biri hisoblanadi

Nima uchun iOS Praktikum?

  • Siz uchun qulay vaqtda
    Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda va tempda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin.

  • “Coder” bo’lmaysiz
    Biz sizga haqiqiy dasturchi bo’lishingizga yordam beramiz. Sintaksisni yodlab olgan, “coder”lardan ajralib turasiz. Fikrlashni, muammolarni yechishni o’rgatamiz.

  • Portfolio
    Kursdagi loyihalarni qilish orqali tajriba oshirib borasiz. Yig’ilgan portfoliongiz ishga kirishingizga yordam beradi.

  • Amaliy topshiriqlar
    Har bir modul oxirida topshiriqlarni bajarib borasiz.
    Bu sizga olingan bilimni mustahkamlashga yordam beradi.

Kurs kimlar uchun?

  • iOS dasturlashga endi kirganlar

    Amaliy va nazariy bilimlarni egallab, dasturchi bo’ling

 

  • O’z kasbini o’zgartirmoqchi bo’lganlar
    Zamonaviy IT kasbini o’rganib, kasbiy xotirjamlikka erishing

 

  • Veb, mobil dasturchilar

    Yangi yo’nalishni egallab, bor ko’nikmalaringizni kengaytiring. Biznes uchun mobil ilovlar qanday yaratilishini o’rganing

Kurs dasturi

1. Swift (Beginner to Advanced)

Bu modulda iOS dasturlashda keng qo’llanib kelayotgan Swift tili 0dan o’rgatiladi. Modul davomida o’quvchilar Swift dasturlash tili asoslari va uni qo’llash bo’yicha keng tushunchaga ega bo’lishadi. O’quvchilar faqatgina kod yozishni biladigan “coder” emas, balki muammoga yechim topa oladigan va dasturchi sifatida fikrlay oladigan bo’lib chiqishadi. Kurs oxirida Swift dasturlash tilini o’quvchilar mukammal darajada o’rganib chiqadilar.

- Access Control, Code organization & Testing
- Custom Operators, Subscripts & Keypaths
- Error handling
- Memory Management

2. UIKit (Auto layout)

Bu modulda o’quvchilar iOS dasturlashga kirish qiladilar. Modul davomida TableView, CollectionViewlar bilan ishlash va eng asosiysi Auto Layout ya’ni dasturlarni turli xil ekranlarga moslash o’rganiladi. O’quvchilar modul davomida o’tilgan mavzular bo’yicha kichik loyiha va mashqlarni bajarib borishadi. Modulni tugatgan o’quvchilar bemalol kichik iOS dasturlarini tuzadigan darajaga chiqadilar.

- Navigation Controllersr
- Asynchronous Networking
- Auto Layout for External Displays
- Content-Hugging & Compression-Resistance Priorities

3. Architectures

Bu modulga kelib, o’quvchilar Swift va UIKit yordamida dastur tuzishni o’rganib olishgan bo’lishadi. Dastur yozishni standartga tushirish va toza kod (clean code) yozishni ta’minlash uchun endi o’quvchilarga bu modulda MVC, MVVM, Singleton kabi design patternlari hamda MVVM + C, MVC + VS kabi arxitekturalar o’rgatiladi. Modul davomida bir nechta loyiha qilinadi. O’quvchilar bu modulni tugatib, mustaqil qaysi design patternlarini qaysi loyihalar yoki ularning ma’lum qismlarida ishlatishni biladigan va kattaroq dasturlarning arxitekturasini chizadigan darajaga chiqishadi. O’z navbatida bu dasturchi sifatida ish sifatini oshiradi.

- Composite Pattern
- State Pattern
- MVVM + C

4. Core Data

Bu modulda o’quvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o’rganishadi. Modul davomida ma’lumotlar bazasi yordamida ma’lumotlarni o’qish, o’chirish, yangilash, yaratish va qayta ishlash kabi amallarni bajarishni o’rganishadi. Modul oxirida ma’lumotlar bazasiga ega dasturlar qilinadi.

- NSFetchedResultsController
- Versioning & Migration

5. Git

Bu modulda o’quvchilar Git va Github bilan ishlashni o’rganishadi. Git va Gihubning ahamiyati jamoa bilan ishlashda katta hisoblanadi. Shu sababdan har bir dasturchi bu texnologiyalarni bilishi zarur.

- Merge Conflicts
- Rebasing to Rewrite History
- Feature Branch Workflow

Kurs davomida qiliandigan loyihalar

  • My first app 
  • Chat App
  • Weather app 
  • Todo app
  • Shop app
  • Movie App

Kurs narxi: 1,370,000 so'm

23-oktyabr, 23:59 dan keyin 1,500,000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Kurs 24 – oktyabr kuni to’liq chiqadi. Shu sababdan, 23-oktyabr 23:59 gacha kursni oldindan xarid qilgan foydalanuvchilarga chegirma taqdim etilmoqda. 

Chegirmadan faqat bir martalik to’lov orqali foydalanishingiz mumkin.

Mobil dasturlash sohasiga qiziqqan o’rganuvchilarga bu kursni olish tavsiya qilinadi

Kurs to’liqligicha videodarslardan tashkil topgan. Platformada onlayn videodarslarni ko’rib, savollaringizni haftalik ZOOM uchrashuvlarida berishingiz mumkin

Kursda o’qish uchun sizga Macbook yoki iMac kerak bo’ladi.

Savollaringizni maxsus ochilgan Telegram guruhda berishingiz va siz kabi o’rganuvchilar bilan muloqot qilishingiz mumkin. 

Ishga kirishda kursda egallagan bilimlaringizdan tashqari, sizning muloqot qila olish qobiliyatingiz, resume yoza olishingiz va effektiv jamoa bilan ishlash kabi konikmalaringizga qarashadi. Bu ko’nikmalarni shakllantirishga Mohirdev jamoasi yordam beradi.

Xa, kurs foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo’ladi. Bemalol esdan chiqqan mavzularingizni keyinchalik qaytadan ko’rib olishingiz mumkin.